35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

51-SONLI MAKTAB ATROFIDAGI XAVFSIZLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi deputatlari
G. Azimova va D. Musayeva tomonidan 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi atrofidagi hududda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash, muhofaza zonasi holati hamda mavjud sharoitlar o‘rganildi.

✅O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan ta’lim oluvchilar uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlarni yaratish talablaridan kelib chiqib amalga oshirildi.

📝Jarayon davomida maktabga olib boruvchi yo‘laklar, kirish-chiqish joylari, piyodalar harakati, transport vositalarining harakatlanishi, yo‘l harakati xavfsizligi hamda maktabga tutash hududning umumiy holatiga e’tibor qaratildi.

✅O‘rganish davomida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida o‘quvchilar xavfsizligini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2