35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi bosh mutaxassisi M. Turdimuhammadov tomonidan Shirin shahar Kengashi bosh mutaxassisi X. Rahmatullayevga biriktirilgan deputatlar bilan ishlash, ularning faoliyatini tizimli tashkil etish hamda deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida deputatlarning saylovchilar bilan ishlashini kuchaytirish, saylovchilar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini tegishli tartibda hal etishga ko‘maklashish, shuningdek, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlarning reyting va KPI ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini oshirish, amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam yoritib borish hamda Kengash faoliyatida faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.