35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

#deputat_daftari


✔️Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi 17-Xo‘jaqishloq saylov okrugi deputati U. Tangirov tomonidan Xo‘jayuz mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

✔️O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda aholining daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✔️Shuningdek, fuqarolar bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularning muammo, taklif va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan masalalar deputatning “Deputat daftari”ga qayd etilib, ularni tegishli tartibda hal etish va ijrosini nazoratga olish belgilandi.

✔️O‘rganishlar aholi manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda joylarda olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishga qaratildi.

Slide 1 of 2