35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

#nazorat tadbiri #deputat faoliyati

Olmaliq shahrining Ibn Sino mahallasi hududida obodonlashtirish holatini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida navbatdagi amaliy nazorat-o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida hudud deputati Oybek Qurolboyev, mahalla raisi hamda Toshkent viloyati deputati Mixayil Chadinga Kotibiyatdan biriktirilgan vakil L.Xasanov birgalikda mahalla hududidagi sport maydonchalarining bugungi kundagi ahvoli va atrofdagi obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirishdi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar va ko‘rilgan choralar:
🔸Hududdagi mavjud sport maydonchalarining joriy ahvoli o‘rganilib, ularni ta'mirlash hamda yoshlar uchun xavfsiz sport maskaniga aylantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
🔸Ayrim fuqarolar tomonidan xonadonlar atrofi noqonuniy ravishda o‘rab olingani va atrof-muhit sanitariya-gigiyena talablariga javob bermasligi aniqlandi.
🔸Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan mahalla raisi, "mahalla yettiligi" hamda tegishli fuqarolar bilan profilaktik va tushuntirish ishlari olib borildi.
Aniqlangan barcha kamchiliklar va yechimini kutayotgan masalalar deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish jurnali"ga kiritilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Mahallamiz obodligi, hudud tozaligi va aholi salomatligi har birimizning mas'uliyatimizdir!

Slide 1 of 6