35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

#deputat_daftari

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 6-Ravot saylov okrugidan deputati N.Bahriyev
tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i L.Rustamovaning
Kengash sessiyasidagi hisoboti yuzasidan o‘z saylov okrugida mas’ul mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish olib bordi.

🤩O‘rganish davomida “Katta Ravot” mahallasida joylashgan 9-sonli oilaviy poliklinika faoliyati ko‘zdan kechirildi.

🤩Unda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar, dori-darmon va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik holati, shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimiga e’tibor qaratildi.

🤩O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar deputat tomonidan alohida qayd etib olindi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Aniqlangan masalalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3