Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 29-sessiyasida ko‘tarilgan masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida 3-Gulobod saylov okrugi deputati Nelufаr Akramova hamda tuman Kengashi mutaxassisi Gulshoda Rajabova Uzunqishloq mahallasidagi 28-sonli, 250 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, murojaatlar va mavjud muammolar yuzasidan joyida o‘rganishlar olib bordilar.
🤩O‘rganish davomida muassasada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadallik bilan olib borilayotgani qayd etildi. Shuningdek, ichimlik suvi bilan bog‘liq muammoni tezkorlik bilan hal etish va masala yechimiga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.