Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 22-saylov okrugi hududida, xususan, Nuroniy mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Mo‘minova tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada olib borilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, jumladan, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish va hududni tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, mazkur masalani hal etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilishi belgilandi.
Hududni obodlashtirish va aholiga qulay sharoit yaratish borasidagi ishlarda tuman hokimligi hamda saylov okrugi deputatlari faol ishtirok etmoqda.