35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

#okrugda_organish

✅Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Mo‘minova, 25-“Yangi Toyloq” saylov okrugi deputati M. Aminova, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Rabbimov hamda Kengash mutaxassislari ishtirokida “Shodiyona” massividagi ko‘p qavatli uylarda yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi. Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF–185-son Farmoni ijrosi yuzasidan tashkil etildi.

✅O‘rganish davomida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, evakuatsiya yo‘laklari va chiqish joylari, umumiy foydalanish hududlarining holati hamda fuqarolarning yong‘in sodir bo‘lgandagi harakatlari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yong‘inlarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. O‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada muhokama qilinib, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Shavkat Sultonovning hisoboti eshitiladi.

Slide 1 of 4