Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev mahalla xodimlari ishtirokida "O‘zbekiston" mahallasida yashovchi I guruh nogironi D. Ilyasovning xonadonida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida ta’mirlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirilib, ularni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday o‘rganishlar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar sifatini ta’minlashga xizmat qilmoqda.