“Jayxun” MFYda olib borilgan o‘rganishlar davomida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbayeva Inkar Karlibayevna yoshlar yetakchisi T.Mubarekov ko‘magida bandligi ta’minlangan fuqaro N.Muxammatova bilan uchrashdi.
👥 O‘rganish jarayonida mahalladagi ishsiz yoshlarni xatlovdan o‘tkazish natijasida N.Muxammatovaning bandligi ta’minlangani hamda bugungi kunda u “Nurli kelajak” mahallasida Yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritayotgani qayd etildi.
📍 Mazkur misol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib ish bilan ta’minlash va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tizimli ishlarning amaliy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.
⚡️ Har bir band bo‘lgan yosh — mahalla taraqqiyoti va kelajak rivojiga qo‘shilgan munosib hissadir.