Жаңалықлар

#Kotibiyat_mudiri #24_masala

Xalq deputatlari tumani Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev "Nuroniy" mahallasida bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan boquvchisini yo‘qotgan hamda I guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarning xonadonlarini energiya tejamkor usulda ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda obyektlarni belgilangan vaqtda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda ajratilayotgan mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlash yuzasidan nazorat ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2