Жаңалықлар

#qonun_19_1_modda #yoshlar_maslahat_guruhi #doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #tavsiyalar
#qonun_19_1_modda
#yoshlar_maslahat_guruhi
#doimiy_komissiya
#ekspert_guruhi
#tavsiyalar

Deputatlik nazorati: hududdagi sanitariya holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan o‘z saylov okrugida hududning sanitariya holati hamda maishiy chiqindilarni olib chiqish ishlari tashkil etilishi o‘rganildi.

O‘rganish davomida chiqindi to‘plash maydonchalari, mavjud konteynerlarning holati, chiqindilarni olib chiqish jarayonlarining belgilangan tartib va jadval asosida amalga oshirilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholi bilan muloqot qilinib, mavjud muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hudud sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlik ishlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan hududlarda tozalikni saqlash, ekologik madaniyatni oshirish va aholi uchun qulay hamda ozoda muhit yaratish masalalari doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi. O‘rganish natijalari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Mazkur deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash va saylov okrugidagi ishlarni muvofiqlashtirish vazifalari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mas’ul bosh mutaxassisi I. Ikromov tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash