Жаңалықлар

#Deputat_mahallada

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 10-saylov okrugi deputati G.Tursunova tomonidan "Olmazor" mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim N.Abdusattarovaning aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi.
♻️O‘rganish jarayonida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, kam ta’minlangan fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar hamda ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjud aholi qatlami bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

♻️ Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularning muammolarini aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

♻️N.Abdusattarova tomonidan ijtimoiy xizmatlarga muhtoj aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, ijtimoiy nafaqa va yordamlar rasmiylashtirilishiga ko‘maklashish, shuningdek, ehtiyojmand oilalar bilan tizimli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

Slide 1 of 4