Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Urunov Ibroxim o‘z saylov okrugidagi Ukrach mahallasida bo‘lib, aholi turmush sharoiti va hududdagi mavjud muammolar bilan yaqindan tanishdi.
Jarayon davomida mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, ichki yo‘llar, infratuzilma, obodonlashtirish, ta’lim va tibbiyot muassasalari holati hamda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar ahvoli o‘rganildi.
Yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanishi va aholi bilan doimiy muloqot davom ettirilishi ta’kidlandi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook