O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputatlari faoliyatini yanada faollashtirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G. Rajabova hamda Mahalla uyushmasi bosh mutaxassisi A. Usmonov tomonidan o‘zaro hamkorlikda deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, saylov okruglaridagi ishlarni muvofiqlashtirish va aholi bilan ishlash sifatini oshirish yuzasidan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur hamkorlik deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda Senat Kengashining KQ-35-sonli qarori ijrosini samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook