Жаңалықлар

#ish_reja_ijrosi #kotibiyat_mudiri

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev tomonidan Chorbog‘tepa mahallasida istiqomat qiluvchi Alimardon Sulaymonovlar xonadonida yo‘lga qo‘yilgan sutchilik yo‘nalishidagi oilaviy chorvachilik faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xonadonda chorvachilikni rivojlantirish, sut mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
⚡️Shuningdek, mahalla ixtisoslashuvidan kelib chiqib oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarning muhimligi alohida ta’kidlandi.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2