Жаңалықлар

#24_ta_masala #ish_reja_ijrosi #kotibiyat_mudiri

Mahalla hokim yordamchisi bilan hamkorlikda korxonaning ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan ish o‘rinlari hamda mahsulot sifati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida tadbirkor bilan istiqboldagi rejalar va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, tadbirkor tomonidan korxona faoliyatini yanada kengaytirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi. Hokim yordamchisi tomonidan mazkur takliflarni amalga oshirish yuzasidan zarur tashkiliy va amaliy yordam ko‘rsatilishi bildirilib, tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Maqsad — hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3