Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev 12-Navzandak saylov okrugidagi "Navzandak" mahallasida bo‘lib, "mahalla yettiligi" faoliyatini tahlil qildi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🔹 Ijtimoiy xizmat xodimi tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati;
🔹 Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish va ularga manzilli yordam ko‘rsatish;
🔹 Ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlarning mahalladagi ijrosi.
B.Xamrayev xonadonbay o‘rganishlar davomida fuqarolar bilan suhbatlashib, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.
📌 Maqsad: Har bir fuqaroga davlat g‘amxo‘rligini yetkazish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook