O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid qonunchilik hujjatlari talablari asosida “Nayman” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hokim yordamchisining mahalla hududida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni biznes faoliyatiga jalb etish, imtiyozli kreditlar va subsidiya ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Hokim yordamchisi faoliyatining samaradorligi, murojaatlar bilan ishlash holati hamda mavjud muammolar o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ayrim yo‘nalishlarda ijobiy natijalarga erishilgan bo‘lsa-da, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini joyida hal etish hamda amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini kuchaytirish zarurligi aniqlandi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mas’ullarga taqdim etildi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook