Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Namangan shahardagi 9, 23,32 va 44-son umumta’lim maktablarining bitiruvchi qizlari hamda ularning onalarining Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

Namangan shahardagi 9, 23, 32 va 44-son umumta’lim maktablarining bitiruvchi qizlari hamda ularning onalari ishtirokida mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Namangan shahar deputati Sh.Gaffarova tomonidan yoshlarga va ularning oilalariga qaratilgan muhim masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida ertangi hayot eshigini endi taqillatayotgan yosh qizlarning ma’naviy barkamolligini ta’minlash, ularni erta turmush qurishga majbur bo‘lish holatlarining oldini olish, kitobga bo‘lgan mehrni kuchaytirish va ma’rifiy tarbiyani mustahkamlash borasida muhim fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, zo‘ravonlik va tazyiqqa barham berish, turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Deputat Sh.Gaffarova xonadonlarda ozodalik va obodlikni saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, qiz bolalarni oliy ta’limga yo‘naltirish va yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari bunday uchrashuvlar yoshlarda mas’uliyat, o‘ziga ishonch tuyg‘usini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdilar.

Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tib, qizlar va ularning onalarida chuqur taassurot qoldirdi.

Slide 1 of 7