So'x tumani Gaznov mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🔹Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.S.Sayidmusayev, shuningdek nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🔹Uchrashuv davomida mahalla yettiligining kundalik faoliyati, aholi bilan ishlash jarayonlari, muammolarni hal etishdagi yondashuvi o‘rganildi. Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, mas’ullarga tegishlicha vazifalar yuklatildi.
🔹Mahallaning ijtimoiy hayoti, infratuzilmani yaxshilash, yoshlar bilan ishlash va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.