Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining to'rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi

Bugun xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, viloyat Kengashi deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bo'lim boshlig'i G'apparov Shavkat Uchquruvich, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot, idora va boshqarmalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Choriyev Abduraim Ravshanovich olib bordi.

Sessiya ishida viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid 7 ta masala deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi. Jumladan, "Surxondaryo viloyatining 2025-yil uchun mahalliy byudjetini tasdiqlash to'g'risida"gi masala ko'rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan, O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bo'lim boshlig'i Sh.U.G'apparov hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari J.R.Normo'minovlarning ma'ruzalari eshitildi.

Sessiya ishida "Surxondaryo viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning 2025-yil uchun mol-mulk hamda yer solig'i stavkalarini belgilash haqida" va boshqa masalalar deputatlar tomonidan keng muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 11