Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
янв.21
🛒📣Депутатлик суров юборилди
янв.21
Сўх туман Халқ депутатлари Кенгашининг Аграр, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссияси раис ўринбосари Ж. Уводуллоев томонидан туман ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш, инвестиция ва инфратузилма дастурлари доирасида белгиланган режаларнинг амалга оширилиши ўрганилди. 🔍
янв.21
📌 Халқ депутатлари туман Кенгаши раиси ҳудудларда
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 🏘
янв.21
📌 Ҳафталик фаолият юзасидан таҳлилий-танқидий йиғилиш ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши депутати ҳудудларда
янв.21
📌 Ленбур МФЙда “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди 👥
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
Sayqal MFYda suv ta’minoti tizimidagi nosozliklar bartaraf etilmoqda

🏛 Sayqal mahalla fuqarolar yig‘inidagi 2 qavatli uylarda suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida o‘rganilib, amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔎 Mazkur murojaatlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning ijrosi Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Rahmatjon Maksumov tomonidan nazoratga olingan.

📌 Amalga oshirilayotgan ishlar:

• Ichimlik suv tarmoqlaridagi to‘siq va ifloslanish holatlari maxsus texnika yordamida bosqichma-bosqich tozalanmoqda

• Quvurlardagi nosozliklar bartaraf etilib, suv oqimini tiklash ishlari olib borilmoqda

• Xonadonlarni barqaror va uzluksiz suv bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda

👷‍♂️ Sohadagi mutaxassislar tomonidan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda maxsus texnika vositasida tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

✅ Olib borilayotgan ishlar natijasida aholi xonadonlarida suv ta’minoti yaxshilanib, sanitariya holatini barqarorlashtirishga erishilmoqda.

📂 Mazkur ishlar murojaatlar asosida tizimli ravishda davom ettirilib, muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

📣 Bu kabi amaliy ishlar shahar infratuzilmasini mustahkamlash, aholiga qulay sharoit yaratish va turmush sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2