Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
NAZORAT REJASINING IJROSI DOIMIY KOMISSIYALAR NAZORATIDA

2024-yil 16-iyul kuni soat 16-00da Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyatida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Chinoz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasining tegishli bandlarining joriy yil 2-chorak yakunlari ijrosi bo‘yicha tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Tajibayevning hisoboti eshitildi.

Majlis kun tartibidagi masala tanqidiy muhokama etilib, unda deputatlar O.Dadajonov, B.Saydullayev, A.Axmedov, E.Ozatov, I.Sodiqovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. 

Kun tartibidagi masala yuzasidan hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etmaganliklari va majlisda qatnashmaganliklari uchun tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari faoliyatiga salbiy baho berilib, qonuniy chora ko‘rish uchun tuman hokimiga taklif kiritish belgilab olindi. Doimiy komissiyalar a’zolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, qo‘shma majlisning tegishli qarori qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1