Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
✍️ Hududda murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi

✍️ Hududda murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 14-Mutafakkir saylov okrugi deputati Xasanova Bibisara “To‘qimachi” mahallasi Tadbirkor ko‘chasida yashovchi aholi va 26-son umumta’lim maktabi o‘qituvchi pedagoglarining murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi.

Murojaatlarning asosiy mazmuni yo‘lning noqulayligi, shuningdek, ayrim tashkilotlar tomonidan ikki tomonlama yengil avtomobillarning yo‘l chetida tartibsiz qoldirilishi natijasida piyodalar, ayniqsa maktab o‘quvchilari harakatlanishida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani bilan bog‘liq. Ushbu holat kunning tig‘iz vaqtlarida yanada keskinlashib, bolalarning maktabga borib-kelishida xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirayotgani ta’kidlandi.

Mazkur holat joyida atroflicha o‘rganilib, mavjud muammoni bartaraf etish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda piyodalar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Jumladan, yo‘l bo‘yida tartibsiz to‘xtab turuvchi transport vositalarini tartibga solish, zarur belgilar o‘rnatish hamda nazoratni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Hududda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, ayniqsa bolalar xavfsizligini ta’minlash va qulay infratuzilma yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1