Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Hududlarda o‘rganish va bandlikka ko‘maklashish ishlari

🏘 Hududlarda o‘rganish va bandlikka ko‘maklashish ishlari

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 4-Muhandislar saylov okrugi deputati Fazilov Ramiz Yasharovich, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li, Abdullajonov Dilshod Komiljon o‘g‘li hamda “Muhandislar” nomli mahalla  fuqarolar yig‘ini hududida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda hududlarga chiqib, o‘rganish ishlarini amalga oshirdilar.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi Sultanov Akmal Xidoyat-Sarkorovich, hokim yordamchisi Abdiyev Shaxzod Anvar o‘g‘li, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Odilov Odil Urol o‘g‘li, xotin-qizlar faoli Kuldasheva Gulira’no Ortiqboyevna, yoshlar yetakchisi Abdiraxmanov Asliddin Akbarovich, soliq inspektori Atamuxamedov Komol Urunbayevich hamda profilaktika inspektori Nurmatov Shuxratjon G‘ayrat o‘g‘li bilan birgalikda, belgilangan 24 ta tavsiya asosida ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi turmush sharoitlari, mavjud muammolar hamda ehtiyojlari joyida o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida Muqimiy 1-tor ko‘chasi 13-uy 14-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro G‘ofurjonov Abdullox Mamurjon o‘g‘lining bandlik masalasi atroflicha o‘rganildi. Fuqaro “MOBILNIY MIR” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga operator lavozimiga ishga qabul qilinib, uning barqaror bandligi va doimiy daromad manbai shakllangani aniqlandi. Mazkur ishga joylashish jarayoni hokim yordamchisi Abdiyev Shaxzod Anvar o‘g‘li tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, jarayon davomida fuqaroning mehnat sharoitlari, ish joyiga moslashuvi hamda ish faoliyatini barqaror davom ettirishi uchun zarur ko‘maklar ko‘rsatilganligi qayd etildi. Shuningdek, fuqaroning kelgusida kasbiy malakasini oshirish va mehnat bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlash imkoniyatlari ham o‘rganib chiqildi. Kelgusida ham fuqarolar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda barqaror daromad manbalarini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilishi belgilandi.

Hududda olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1