Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
янв.21
🛒📣Депутатлик суров юборилди
янв.21
Сўх туман Халқ депутатлари Кенгашининг Аграр, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссияси раис ўринбосари Ж. Уводуллоев томонидан туман ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш, инвестиция ва инфратузилма дастурлари доирасида белгиланган режаларнинг амалга оширилиши ўрганилди. 🔍
янв.21
📌 Халқ депутатлари туман Кенгаши раиси ҳудудларда
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 🏘
янв.21
📌 Ҳафталик фаолият юзасидан таҳлилий-танқидий йиғилиш ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши депутати ҳудудларда
янв.21
📌 Ленбур МФЙда “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди 👥
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
#Haftalik_dayjest

Amudaryo tumanida 2026-yil 6-10-aprel kunlari uchun belgilangan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq, hafta davomida deputatlar faoliyati, aholi murojaatlari va hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, qonunlar taqsimoti, vakolatlar hamda normativ-huquqiy hujjatlarni amaliy qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etilib, unda ishtirokchilarga sohaga oid zarur tushuntirishlar berildi.

Hududlarda o‘tkazilgan deputatlik uchrashuvlari davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi. Jumladan, “Yangiobod” mahallasida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish hamda piyodalar yo‘lakchalarini qurish kabi masalalar ko‘tarildi. Ushbu muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan mahalla yettiligi faoliyati, ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganildi. 71-sonli oilaviy poliklinikada aniqlangan kamchiliklar yuzasidan zarur choralar ko‘rish uchun deputat so‘rovi chiqarildi.

Hafta davomida deputatlarning saylovchilar oldidagi hisobot uchrashuvlari ham o‘tkazilib, ularda amalga oshirilgan ishlar, hududdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi rejalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Kengash sessiyalarida qabul qilingan qarorlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, “Taraqqiyot ko‘zgusi” gazetasida deputatlar faoliyati yoritilib, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan maqolalar chop etildi.

Tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasidagi memorandum doirasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazilib, deputatlarga kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Joriy yilning 8-aprel kuni Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sohaga oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, turli hududlarda sayyor qabullar va saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Umuman olganda, hafta davomida deputatlar tomonidan aholi muammolarini aniqlash, ularni ijobiy hal etish va hududni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi. 

Slide 1 of 1