Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
cессия
янв.21
OBODLIK MAHALLADAN BOSHLANADI!
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
https://t.me/Sox_Kengash_kotibiyat/1140
янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
“Ogoh bo‘ling, firibgarlar!” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari M.Raximov, N.Kiyamov va J.Rasulovlar tomonidan Ishtixon tumanidagi “Kasbga o‘qitish markazi”da aholining huquqiy savodxonligini oshirish, firibgarlik hamda turli jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan “Ogoh bo‘ling, firibgarlar!” mavzusida uchrashuv va targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida so‘nggi yillarda firibgarlik jinoyatlarining turli ko‘rinishlari, xususan, telefon orqali aldov yo‘li bilan pul mablag‘larini o‘zlashtirish, internet tarmoqlari orqali amalga oshirilayotgan kiberfiribgarlik holatlari hamda fuqarolarning ishonchiga kirish orqali sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga firibgarlarning turli usullariga aldanib qolmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga taqdim etmaslik, bank plastik kartalari bilan bog‘liq maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik hamda shubhali qo‘ng‘iroq va xabarlarga nisbatan ogohlik bilan munosabatda bo‘lish zarurligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga deputatlar va IIB xodimi tomonidan atroflicha javoblar berilib, bunday profilaktik tadbirlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 3