Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi

Guliston shahar Kengashi deputati Y. Usmanova tomonidan shahardagi 2-sonli oilaviy poliklinikada faoliyat holati o‘rganildi. O‘rganish davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar, shuningdek, bepul berilishi belgilangan dori-darmonlar bilan ta’minlash masalalari alohida e’tiborga olindi.

Deputat tomonidan poliklinika rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, tibbiy xizmat ko‘rsatishda uchrayotgan muammolar va mavjud kamchiliklar muhokama qilindi. Jumladan, ayrim dori-darmonlar ta’minotidagi uzilishlar, navbat masalalari hamda moddiy-texnik ta’minot bilan bog‘liq holatlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, ularni bartaraf etish yuzasidan kelishib olindi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganish ishlari deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilib, kelgusida poliklinika faoliyatini yaxshilash, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi. 

Slide 1 of 3