Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Deputat - Kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan mahalla yettiligi bilan uchrashuv o'tkazdi

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining 3-Toza bog' saylov okrugi deputati Baltayev Rustam Ismailovich tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida “Toza bog' ” va "J.Manguberdi" mahalla fuqarolar yig‘inlarining “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida hududdagi kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar holati o‘rganildi. Shuningdek, ularning daromad darajasi tahlil qilinib, daromadi oshgan va o‘zini-o‘zi ta’minlay oladigan oilalarni reyestrdan chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida hududda muntazam monitoring olib borilishi belgilab qo‘yildi. 

Slide 1 of 1