Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
🏛 Oilaviy nodavlat MTT faoliyati joyida o‘rganildi

🏛 Oilaviy nodavlat MTT faoliyati joyida o‘rganildi

Xumo mahallasida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdim. Tashrif davomida muassasaning faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, sanitariya-gigiyena talablari hamda xavfsizlik masalalari bilan yaqindan tanishdim.

Shuningdek, muassasada tarbiyalanayotgan bolalar soni, tarbiyachilar faoliyati, o‘quv-metodik vositalardan foydalanish holati va kundalik mashg‘ulotlarning tashkil etilishi masalalari atroflicha o‘rganildi. Oilaviy MTTlarda sifatli ta’lim berish va bolalar uchun qulay muhit yaratish muhim ekani ta’kidlandi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan muassasa mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning sifatini oshirish borasidagi ishlar doimiy e’tiborda bo‘ladi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Asrorova Baxtigul

Slide 1 of 1