Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Jaholatga qarshi ma’rifat

 Xalq deputatlari shahar kengashining deputati U.Abdunazarov va Din ishlari bo‘yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi B.Valiyev bilan hamkorlikda “Bekobod gaz” tarmog‘i xodimlari o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbatini
o‘tkazdilar. Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarayotganligi, yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi. Mavjud muammolarni hal etish ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. El-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berish lozimligi aytib o‘tildi.
  

Slide 1 of 2