Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Beruniy mahallasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Beruniy mahallasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Bumayram Sobirova Yoshlarobod saylov okrugiga kiruvchi Beruniy mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ishlar yuzasidan mahalla yettiligi hisoboti eshitildi.

Muloqot davomida aholi tomonidan ko‘tarilayotgan gaz bosimining pastligi, shuningdek, mahallaning og‘ir hududlar toifasiga kiritilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Shu bilan birga, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganishlar natijasida mahallada 6 ta ko‘cha ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlangani, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 ta transformator punkti o‘rnatilgani, shuningdek, 75 ta elektr ustuni yangilangani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, mahallaning ichki infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida 4,5 kilometr ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi. Ushbu masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 6