Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Birgalikda obodlik sari

Mustaqilligimizning 34-yillik bayrami munosabati bilan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Chilonzor tuman Kengashi tomonidan “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida “Bek-to‘pi”, “Al-Xorazmiy” mahallasida umumxalq hayriya hashari tashkil etildi. Hasharda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Husainov Alisher Abduvahobovich, mahalla faollari va yoshlardan iborat mahalla ahli bir yoqadan bosh chiqarib, o‘z hududini yanada chiroyli va ozoda qilishga bel bog‘ladilar.Deputat hamisha xalq orasida, xalq bilan bir safda bo‘lishi bilan ibrat ko‘rsatmoqda. Hashar jarayonida deputatning o‘z qo‘llari bilan belkurak va ketmon ko‘tarib, daraxtlar tagini yumshatayotgani, gulzorlarni parvarish qilayotgani, turar joy hovlilarida tartib va poklikni ta’minlayotgani odamlarni ruhlantirdi. Zero, xalq bilan yonma-yon bo‘lish, muammolarni birgalikda hal qilish — chin ma’noda xizmat qilish demakdir.
Eng muhimi, bu kabi tadbirlar xalq va vakillari o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada kuchaytirib, kelajakda ham obod, farovon va baxtli hayot barpo etishga xizmat qiladi.

Deputat hamisha xalq bilan birga! 

Slide 1 of 4