Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Besh-tut"da xalq vakili bilan uchrashuv: korrupsiyaga qarshi kurash va ma’naviy qadriyatlar muhokamada

     Bugungi kunda yurtimizda jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan asosiy muammolardan biri — korrupsiyaga qarshi kurash, shuningdek, to‘y-marosimlarning ifrat darajada ziyofati va isrofgarchilik kabi holatlarga chek qo‘yish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

    Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Ashurov tomonidan “Besh-tut” mahallasida aholi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

    Uchrashuv davomida birinchi navbatda jamiyatda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish, fuqarolarda bu illatga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish zarurligi ta’kidlandi.

    Shu bilan birga, xalqimizning azaliy urf-odatlari va milliy qadriyatlariga mos ravishda to‘y, marosim va digar tadbirlarni ihcham va mazmunan boy tarzda o‘tkazish, isrofgarchilik, dabdababozlik, ortiqcha xarajatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

    M.Ashurov o‘z so‘zida, Prezident farmon va qarorlari asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Ushbu yo‘nalishda mahallada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining xabardorlik darajasini oshirish muhimligi qayd etildi.

Aholi vakillari tomonidan ham qator taklif va mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ma’naviy tarbiyani kuchaytirish, madaniyatli va odobli jamiyat barpo etishga qaratilgan tashabbuslar alohida e’tirof etildi.

Slide 1 of 3