Mahalladagi xotin-qizlar bilan samarali ishlash — oilalar farovonligi va jamiyat barqarorligining muhim omilidir.
✨Zangiota tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Usmonova hamda Zangiota tumani 6-okrug deputati T.Xoliqov tomonidan "O‘rta" mahalla xotin-qizlar faoli M.Qo‘rg‘onovaning faoliyati va amalga oshirayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.