Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🏠 HAR BIR XONADON E’TIBORDA: MUAMMOLAR MANZILLI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Xasanova tomonidan Bunyodkor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar xonadonma-xonadon o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida oilalarning mavjud ijtimoiy sharoiti, ehtiyojlari hamda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj jihatlariga e’tibor qaratildi. Fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan masalalar bevosita xonadonlarning o‘zida o‘rganildi.
📌 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilalarga zarur ko‘makni ko‘rsatish hamda murojaatlarning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
🤝 Deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishi — fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimi uchun amaliy choralar ko‘rishdan iborat.