Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

⚖️ HUQUQIY YORDAM VA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Xasanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan “Madad” NNT Huquqiy yordam byurosi mutaxassisi O. Ataxanov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning murojaatlari va muammolariga qonuniy yechim topishda ko‘maklashish, shuningdek, aholiga huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
📌 Shuningdek, aholi murojaatlarini o‘rganish jarayonida aniqlangan masalalarni huquqiy jihatdan tahlil qilish va tegishli tartibda hal etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
🎯 Maqsad — fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarning samarali yechimini ta’minlash hamda aholiga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish samaradorligini oshirish.