Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

📍 Qumyop mahallasi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Bobojonova tomonidan Qumyop mahallasida ijtimoiy xodimning kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash rejasining bajarilishi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida:
▪️ kambag‘al oilalarni aniqlash va ularning ehtiyojlarini o‘rganish;
▪️ har bir oila bo‘yicha belgilangan manzilli chora-tadbirlarning ijrosi;
▪️ oilalarni daromadli mehnatga jalb etish va bandligini ta’minlash;
▪️ mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy yordam;
▪️ oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.
🎯 Maqsad — kambag‘al oilalarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash va barqaror daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish.
Deputatlik nazorati — har bir oilaga e’tibor va amaliy ko‘mak!