Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🏢 TADBIRKORLIK FAOLIYATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati
M. Madraximov tomonidan Ipakchi mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi faoliyati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida: — ustaxonaning faoliyat yuritish sharoitlari;
— aholiga ko‘rsatilayotgan texnik xizmatlar sifati;
— tadbirkorning mavjud muammo va ehtiyojlari;
— faoliyatni kengaytirish va yanada rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🤝 TADBIRKOR MUAMMOSI — E’TIBORDA
O‘rganish jarayonida tadbirkorning murojaat va takliflari tinglanib, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi imkoniyatlar yaratish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.