🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 12-Arbob saylov okrugidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputati Nurjanova Matluba Odamboevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov Arbob mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandilar.
🔎 O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.