Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
“TASHABBUSLI BUDJET” JARAYONINING 2-MAVSUMI YAKUNLARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

“TASHABBUSLI BUDJET” JARAYONINING 2-MAVSUMI YAKUNLARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishida 2026-yil “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi yakunlari bilan bog‘liq masala atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Namangan shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.X. Axmadxodjayevning hisoboti, loyihalarning manzilli ro‘yxati, tegishli hisob-kitoblar hamda taqdim etilgan boshqa hujjatlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da jami 

19 548,0 mln so‘m mablag‘ shakllantirilgani, “Ochiq budjet” axborot portali orqali 145 ta taklif bildirilgani, shundan 134 tasi ovoz berishga qabul qilingani hamda ovoz berish yakunlariga ko‘ra 

18 810,0 mln so‘mlik 12 ta loyiha g‘olib deb topilgani qayd etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 

29-avgustdagi PQ-264-son qarori 3-bandiga muvofiq, dastlab g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan deputatlar tashabbusi asosida tanlangan 4 ta loyiha ham alohida muhokama qilindi. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 1 763,9 mln so‘mni tashkil etadi.

Yig‘ilish yakunida loyihalarni moliyalashtirishda mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, ishlarni belgilangan muddatlarda to‘liq amalga oshirish hamda ijro ustidan tizimli monitoring olib borish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan doimiy komissiya tomonidan tegishli huquqiy asoslar, jumladan, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi, Prezidentning PQ-5072-son, PQ-3917-son qarorlari hamda Senat Kengashining KQ-666-IV-son qarori asosida masala ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 5