📍 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati I. Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ruzmetov tomonidan tumandagi Madaniyat mahallasi fuqarolar yig‘ini raisining mahalla hududida olib borayotgan faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar bilan ishlash jarayoni, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlarga e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganish jarayonida mahallada aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish va mavjud masalalarni hal etish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.