Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
DEPUTAT D. MAXMUDOVA TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna ishtirokida fuqarolarning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.

Qabulda Chilonzor tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. To‘laganova ham ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularda ko‘tarilgan muammolar, taklif va ehtiyojlar atroflicha o‘rganildi. Har bir murojaat bo‘yicha masalaning mazmuni va mavjud holati tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Murojaatlarning yakuniy natijalari:

- jami 7 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi;
- 3 ta murojaat qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etildi;
- 4 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish va tegishli choralar ko‘rish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

Qo‘shimcha o‘rganishga qabul qilingan murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilanib, har bir masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Fuqarolar murojaatlarini manzilli o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ko‘tarilgan muammolarga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6