Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
"Adolat" SDP deputati va partiya rahbarlari Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasida bo‘lishdi

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri Mansur Urazbayev hamda "Adolat" SDP va O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashlari rahbarlari hamkorlikda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Amudaryo tumani bo‘linmasida bo‘lishdi.

Uchrashuvda bo‘linma tomonidan tumanda ma’naviy-ma’rifiy muhitni barqarorlashtirish, aholi va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Muloqot chog‘ida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan quyidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi:

📚 Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish: Aholi va yoshlar o‘rtasida huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini tizimli tashkil etish;
🌿 Ekologik madaniyatni shakllantirish: Ekologik partiya bilan hamkorlikda atrof-muhitni muhofaza qilish, "Yashil makon" loyihasi va ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan amaliy uchrashuvlarni o‘tkazish;
⚖️ Ijtimoiy adolat va ma’rifat: "Adolat" SDP vakillari bilan birgalikda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda milliy va ma’naviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.

Muloqot yakunida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish hamda tumandagi tashkilotlar va mahallalarda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik tadbirlarini bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha aniq reja va vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2