Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
#ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala #savolnoma_asosida #okrugda_o‘rganish

Mahallalarda ijtimoiy xodimlar tomonidan aholining ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi holatini shaffof va adolatli tashkil etish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi 21-“Xo‘jasoat” saylov okrugidan saylangan deputat Hakimov Yusuf Muhammadievich hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Xo‘jasoat” mahalla fuqarolar yig‘inida tasdiqlangan savolnoma asosida o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
Ijtimoiy xodim faoliyati: Ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ro‘yxatini shakllantirish hamda ularga manzilli ko‘mak berish holati;

Hujjatlar shaffofligi: Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lanishi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildlarining yuritilishi;

Hamkorlik va tavsiyalar: Mas’ul tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik hamda ilgari berilgan topshiriqlar va tavsiyalar ijrosi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatishda adolat va shaffoflikni to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7