Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
KEKSALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

#deputat_faoliyati
#162_ta_qonun_ijrosi
#deputat_yon_daftari

❗️KEKSALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-son “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini nazorat qilish maqsadida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati B.Misratullayev o‘z saylov okrugi Buyuk ipak yo'li mahallasida istiqomat qiluvchi keksalar holidan xabar oldi.

Tashrif davomida keksalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishilib, ularning kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari va ehtiyojlari tinglandi.

Suhbatlar davomida keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, zarur ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1