Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Z. Rahimova tomonidan Bog‘zor mahallasi hududida joylashgan 22-sonli oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-apreldagi O‘RQ-532-son “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida mazkur qonun talablarining amaliyotda bajarilishi, tegishli toifadagi shaxslar bilan ishlashda belgilangan tartib va talablarning ta’minlanishi, shuningdek, ularning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, qonunchilik talablariga muvofiq tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik, ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ularning jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish masalalari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, qonun hujjatlarida belgilangan talablarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda hududda qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida davom ettiriladi.

Slide 1 of 1