Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “8-Qaroqchitol” saylov okrugi deputati O.Gaziyev hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayevlar tomonidan “Qorovultepa” mahalla fuqarolar yig‘inida 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihaning ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Qorovultepa” mahalla fuqarolar yig‘ini Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan og‘ir hudud sifatida belgilanganligi, hududni rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi hamda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.

Loyiha doirasida aholi tomorqalarini sug‘orish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida 3 dona sug‘orish qudug‘ini qazish belgilangan.

Hozirgi kunga qadar belgilangan 3 dona sug‘orish qudug‘i qazilgan hamda ularni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida transformator o‘rnatilgan. Ayni paytda loyiha doirasidagi qolgan ishlar davom ettirilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha loyihani belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z muddatida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Loyihaning to‘liq yakunlanishi va ishga tushirilishi, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3