Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.

Deputat so‘rovida Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari hamda hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish yuzasidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borilgani qayd etildi.

✅ O‘rganish davomida “Yoshlik” va “Baxt” ko‘chalarida yashovchi fuqarolarning Bag‘dod–Qo‘qon yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lidan xavfsiz harakatlanishi bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlandi.

✅ Xususan, mazkur avtomobil yo‘lining boshlanish qismida birinchi va ikkinchi piyodalar o‘tish joylari oralig‘idagi masofaning uzoqligi sababli fuqarolar, jumladan, piyodalar yo‘lni belgilanmagan joylardan kesib o‘tishga majbur bo‘layotgani qayd etildi. Mazkur holat piyodalar harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishni taqozo etmoqda.

✅ Shu munosabat bilan, hududda piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha piyodalar o‘tish joyini tashkil etish hamda mavjud piyodalar o‘tish joylarining yo‘l chiziqlarini qayta chizish zarurati mavjudligi bildirildi.

✅ Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, deputat so‘rovida “O‘zbekiston” MFY hududidagi “Yoshlik” va “Baxt” ko‘chalari aholisi uchun Bag‘dod–Qo‘qon yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining boshlanish qismida, birinchi va ikkinchi piyodalar o‘tish joylari oralig‘ida qo‘shimcha piyodalar o‘tish joyini tashkil etish hamda mavjud piyodalar o‘tish joylarining yo‘l chiziqlarini qayta chizish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Slide 1 of 1